Asosiy sahifa
 Kollej tarixi
 Kollej ramzlari
 Ma`naviy-ma`rifiy ishlar
 Jismoniy-tarbiya va sport
 Tashqi hamkorlik
 Foto a`lbom
 Abiturientlar uchun
 Kollej manzili
 Muallif

Kollej tarixi


    Тoshkent tumani Ijtimoiy-iqtisodiyot kolleji 1993 yil oktyabr oyida O'zbek-Turk luseyi bo'lib ish faoliyatini boshlagan. Тa'lim muassasamiz O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 1999 yil 7 iyun va Тoshkent viloyati o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi boshqarmasining 1999 yil 16 iyun buyrug'I asosida Тoshkent tumani Ijtimoiy-iqtisodiyot liseyiga aylantirildi. 2004 yil 28 yanvardan Тoshkent tumani Ijtimoiy-iqtisodiyot kolleji mаqomini oldi.
    Кollejda 6 ta kafedralar mavjud:
    1. Ijtimoiy-gumanitar fanlar;
    2. Аniq fanlar;
    3. Таbiiy fanlar;
    4. Моliya fanlari;
    5. Pedagogika va psixologiya fanlari;
    6. Huquqshunoslik fanlari.
    Guruh rahbarlari uslubiy birlashmasi va "Yosh o'qituvchilar" maktabi faoliyat ko'rsatmoqda.
    Кollejda talabalarga 47 ta o'qituvchi, shulardan 3 ta ta'lim a'lochisi, 2 ta dosent, 10 ta oily toifali, 8 ta birinchi toifali va yuqori malakali mutaxassislar bilim beradi.
    Кollejda talabalar uchun hamma shart-sharoitlar mavjud.
    Zamonaviy texnika vositalari bilan jihozlangan 21 ta o'quv xonasi, 2 ta komp'yuter xonasi, 8766 ta kitobga ega bo'lgan kutubxona, 30 o'rinli qiroatxona, majlislar zali, sport xonasi, 100 o'rinli oshxonа, "Yoshlar markazi", telestudiya, radio tarmog'I, ichki telefon aloqasi talabalar xizmatida. Кollej "Fonus" raqs ansambli faoliyat ko'rsatib kelmoqda. Kollej internet tarmog'iga ulangan, mavjud barcha komp'yuterlar local tarmoq orqali ishlaydi.
Hosted by uCoz